Foydalanuvchi kelishuvi

FilmoraUz xizmatidan foydalanish shartlari.

Oxirgi yangilanish: 29-oktabr, 2026

1. Umumiy qoidalar

Ushbu kelishuv FilmoraUz («biz», «xizmat») — filmorauz.net sayti, Android va Android TV ilovalari hamda Telegram boti — bilan siz («foydalanuvchi») o'rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Xizmatdan foydalanib, ro'yxatdan o'tib yoki to'lov qilib, siz ushbu kelishuvga, Maxfiylik siyosati va Pulni qaytarish shartlariga rozilik bildirasiz. Rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalanmang.

2. Hisob

  • Tizimga faqat Telegram orqali kiriladi. Hisobingizdagi barcha harakatlar uchun o'zingiz javobgarsiz.
  • Hisobingizni boshqalarga sotish yoki berish taqiqlanadi. Profildagi «Qurilmalar va xavfsizlik» bo'limida kirilgan qurilmalarni ko'rib, keraksizini o'chirishingiz mumkin.
  • Xizmat 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun. 18+ belgisi bor kontentni ochishdan oldin yoshingizni tasdiqlaysiz.

3. Xizmat va kontent

  • Kino, serial va telekanallarni bepul tomosha qilish mumkin: reklama bilan va 720p gacha sifatda.
  • Kontent faqat shaxsiy, notijorat tomosha uchun beriladi. Uni yuklab olib tarqatish, qayta joylash yoki tijorat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.
  • Katalog, sifat va telekanallar ro'yxati o'zgarishi mumkin; ayrim kino yoki kanal ogohlantirishsiz olib tashlanishi mumkin.
  • Mualliflik huquqi buzilgan deb hisoblasangiz, DMCA sahifasi orqali murojaat qiling.

4. Premium

Premium — pullik obuna. U quyidagilarni beradi:

  • reklamasiz tomosha;
  • 1080p sifat;
  • bir vaqtda 3 ta qurilmada tomosha (qo'shimcha qurilmani alohida sotib olish mumkin).

Amaldagi paketlar va narxlar Premium sahifasida ko'rsatilgan. Premium to'lov tasdiqlangandan keyin darhol yoqiladi. Premium faol bo'lganda yana to'lansa, muddat shuncha uzayadi.

5. To'lov usullari

  • Uzcard, Humo, Visa va Mastercard kartalari — Atmos yoki «Octobank» AJ (Octo) to'lov tizimi orqali, so'mda. Tarif tanlanadi, «Ommaviy oferta» shartlariga rozilik belgisi qo'yiladi, so'ng bank to'lov sahifasida karta ma'lumotlari kiritiladi.
  • Xavfsizlik — karta ma'lumotlari faqat bankning himoyalangan (HTTPS) sahifasida kiritiladi va SMS kod / 3D Secure bilan tasdiqlanadi; sayt karta raqamini so'ramaydi, saqlamaydi va qayta ishlamaydi.
  • Xizmatni olish — xizmat raqamli, yetkazib berish yo'q: to'lov tasdiqlangach Premium (yoki qo'shimcha qurilma, hamyon balansi) bir necha soniyada hisobingizda avtomatik yoqiladi.
  • Telegram Stars — Telegram bot orqali.
  • Hamyon balansi — karta orqali to'ldiriladi va faqat xizmatdagi xaridlarga sarflanadi; naqd pulga almashtirilmaydi va boshqa foydalanuvchiga o'tkazilmaydi.

6. Avtomatik uzaytiriladigan obuna

Premium'ni bir martalik to'lov bilan yoki avtomatik uzaytiriladigan obuna sifatida olish mumkin. Obunani tanlab, siz tanlangan paket narxi muddat tugashidan oldin har safar avtomatik yechilishiga rozilik bildirasiz.

  • Karta orqali obuna. Uzcard yoki Humo kartangiz bir marta SMS kod bilan Atmos'ga bog'lanadi va birinchi davr darhol to'lanadi. Keyingi to'lov Premium muddati tugashidan taxminan 12 soat oldin shu kartadan avtomatik yechiladi. Har bir yechilgan to'lov haqida Telegram orqali xabar yuboriladi.
  • Agar pul yechilmasa (kartada mablag' yetmasa yoki karta bloklangan bo'lsa), har kuni yana urinib ko'riladi. 3 marta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin avtomatik uzaytirish o'chiriladi va Premium to'langan muddat tugashi bilan o'chadi.
  • Telegram Stars obunasi faqat 1 oylik paket uchun. To'lovni har 30 kunda Telegram o'zi yechadi.
  • Narx o'zgarsa, yangi narx keyingi avtomatik to'lovdan boshlab qo'llanadi. Rozi bo'lmasangiz, avtomatik uzaytirishni oldindan o'chiring.

7. Avtomatik uzaytirishni o'chirish va obunani bekor qilish

Ikkalasi ham istalgan vaqtda Premium sahifasidagi «Premium obuna» bo'limida qilinadi. Telegram Stars obunasini Telegram → Sozlamalar → Obunalar bo'limida ham bekor qilish mumkin.

  • Avtomatik uzaytirishni o'chirish. Premium to'langan muddat oxirigacha ishlaydi, keyin pul yechilmaydi. Muddat tugaguncha avtomatik uzaytirishni yana yoqish mumkin.
  • Obunani bekor qilish. Obuna darhol tugaydi: Premium shu zahoti o'chadi, boshqa pul yechilmaydi, bog'langan karta Atmos'dan uziladi. To'langan summa qaytarilmaydi — faqat Pulni qaytarish shartlarida yozilgan texnik xato holatlari bundan mustasno.

8. Donatlar va dublyaj so'rovlari

Donat va dublyaj uchun yig'imga qo'shilgan hissa ixtiyoriy yordam hisoblanadi, buning evaziga xizmat yoki mahsulot berilmaydi va u qaytarilmaydi. Ismingiz, summa va izohingiz donatlar sahifasida hammaga ko'rinadi; «Ismim ko'rinmasin» belgilansa, «Anonim» deb yoziladi.

9. Xulq-atvor qoidalari

Izohlar, sharhlar, umumiy chat va kinoteatr xonalarida quyidagilar taqiqlanadi:

  • haqorat, tahdid, kamsitish va boshqalarni ta'qib qilish;
  • spam, reklama va zararli havolalar;
  • qonunga zid yoki 18+ materiallarni joylash;
  • boshqa foydalanuvchi yoki ma'muriyat nomidan o'zini tanishtirish.

Qoidalar buzilsa, xabarlar o'chirilishi, hisob vaqtincha yoki butunlay bloklanishi mumkin. Bloklashga qarshi apellyatsiya berish mumkin. Qoidabuzarlik uchun bloklangan hisobning to'lovlari qaytarilmaydi.

10. Reklama

Bepul foydalanuvchilarga reklama ko'rsatiladi, jumladan Yandex reklama tarmog'i orqali. Reklamadagi tashqi saytlar va ularning mahsulotlari uchun biz javobgar emasmiz. Premium foydalanuvchilarga reklama ko'rsatilmaydi.

11. Javobgarlikni cheklash

Xizmat «boricha» taqdim etiladi. Biz uning uzluksiz va xatosiz ishlashiga harakat qilamiz, lekin internet, server yoki tashqi xizmatlardagi uzilishlar uchun kafolat bera olmaymiz. Texnik ishlar paytida xizmat vaqtincha to'xtashi mumkin.

12. Kelishuvdagi o'zgarishlar

Ushbu kelishuv yangilanishi mumkin. Eng so'nggi versiyasi doim shu sahifada, oxirgi yangilanish sanasi bilan turadi. O'zgarishdan keyin xizmatdan foydalanishda davom etsangiz, yangilangan kelishuvga rozi bo'lgan hisoblanasiz.

13. Aloqa

Savollar, so'rovlar va murojaatlar Telegram orqali qabul qilinadi.

Telegram