Pulni qaytarish shartlari
Qaysi to'lovlar va qanday hollarda qaytariladi.
Oxirgi yangilanish: 29-oktabr, 2026
1. Umumiy qoida
Premium — raqamli xizmat: u to'lovdan keyin darhol yoqiladi va ishlatila boshlaydi. Shuning uchun to'langan summa odatda qaytarilmaydi. Pul faqat quyida yozilgan texnik xato holatlarida qaytariladi.
2. Pul qaytariladigan holatlar
Premium, qo'shimcha qurilma va hamyonni to'ldirish to'lovlari quyidagi hollarda qaytariladi:
- pul yechildi, lekin Premium (qurilma yoki hamyon balansi) yoqilmadi va biz buni tuzata olmadik;
- bitta xarid uchun pul ikki marta yoki ko'proq yechildi;
- avtomatik uzaytirish o'chirilgan yoki obuna bekor qilingandan keyin bizning xatomiz bilan pul yechildi;
- yechilgan summa sahifada ko'rsatilgan narxdan farq qildi.
Avval muammoni tuzatishga harakat qilamiz: masalan, yoqilmagan Premium'ni qo'lda yoqamiz. Rozi bo'lmasangiz, pul qaytariladi.
3. Pul qaytarilmaydigan holatlar
- Donatlar va dublyaj yig'imiga qo'shilgan hissa — hech qanday holatda qaytarilmaydi.
- Premium yoqilgan va ishlagan bo'lsa, keyin fikringiz o'zgarsa yoki xizmatdan foydalanmasangiz.
- Obunani bekor qilganingizda: Premium darhol o'chadi, ishlatilmagan kunlar uchun pul qaytarilmaydi. Premium muddat oxirigacha ishlashini istasangiz, faqat avtomatik uzaytirishni o'chiring (Foydalanuvchi kelishuvi, 7-band).
- Avtomatik uzaytirishni o'z vaqtida o'chirmaganingiz sababli yechilgan navbatdagi to'lov.
- Hisob qoidabuzarlik uchun bloklangan bo'lsa.
- Ishlatilmagan hamyon balansi — u naqd pulga almashtirilmaydi.
4. Qanday murojaat qilish kerak
To'lovdan keyin 14 kun ichida Telegram orqali yozing va quyidagilarni yuboring:
- saytdagi ismingiz yoki Telegram username;
- to'lov sanasi va summasi;
- karta bilan to'langan bo'lsa — kartaning oxirgi 4 raqami, Stars bilan bo'lsa — Telegram'dagi chek;
- muammo tavsifi va iloji bo'lsa skrinshot.
Murojaat 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi va natijasi Telegram orqali ma'lum qilinadi.
5. Pul qanday qaytariladi
- Karta orqali to'lov — pul to'lov qilingan kartaga to'lov o'tgan tizim (Atmos yoki Octobank) orqali qaytariladi. Mablag' kartaga tushish muddati bank va to'lov tizimiga bog'liq, odatda 3–10 ish kuni.
- Telegram Stars — Stars Telegram hisobingizga qaytariladi.
- Pul qaytarilganda shu to'lov bilan berilgan Premium, qurilma yoki hamyon balansi bekor qilinadi.
6. Aloqa
Pulni qaytarish bo'yicha murojaatlar Telegram orqali qabul qilinadi.
Telegram